15:57 / 17.10.2024
11

Sirdaryoda o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchisining qo‘liga igna sanchgani o‘z tasdig‘ini topmadi

Sirdaryoda o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchisining qo‘liga igna sanchgani o‘z tasdig‘ini topmadi
Foto: “Sirdaryo.uz”
Sirdaryoda o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchisini qo‘liga igna sanchish bilan jazolangani haqida xabarlar tarqalgandi. Viloyat IIB holatga munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, 14 oktyabr kuni fuqaro E.G‘. IIB ga murojaat qilib, Sirdaryo tumanidagi 27-sonli maktabning A.G. ismli ayol o‘qituvchisi maktabning 1-sinfida tahsil olayotgan, 2017 yilda tug‘ilgan qizi G‘.O.ning qo‘liga igna tiqqani va hojatxonaga chiqarmasdan tazyiq o‘tkazganini bildirgan.

Holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB JXX HPB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borildi. Surishtiruv davomida mutaxassislar tomonidan ushbu maktabning 1-“E” sinf o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari bilan suhbat o‘tkazganida suhbatda ishtirok etgan 28 nafar o‘quvchi o‘qituvchisi hech qanaqa qo‘pollik qilmaganini, G‘.O.ni urishmaganini, unga igna tiqmaganini bildirgan.

Surishtiruv davomida yuqoridagi holat tasdig‘ini topmagan. Ota-onalar tomonidan esa o‘qituvchi ijobiy tavsiflangan. Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda. Voyaga yetmagan G‘.O.ning tan jarohati yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda o‘qituvchi 1-sinf o‘quvchisining qo‘liga igna sanchgani o‘z tasdig‘ini topmadi
ePN