date
views 124

Fargʻonalik qiz Microsoft kompaniyasining Oʻzbekistondagi ilk ambassadori boʻldi

Fargʻonalik qiz Microsoft kompaniyasining Oʻzbekistondagi ilk ambassadori boʻldi
Fargʻona viloyati 10-maktabning 11-sinf oʻquvchisi Dilafruz Joʻraboeva Microsoft kompaniyasining yoshlarga moʻljallangan Microsoft Learn Student dasturi Ambassadori boʻldi. Bu haqda IT Ladies Uzbekistan xabar bermoqda.

Foto: “IT Ladies Uzbekistan”
Aytilishicha, endilikda Dilafruz Microsoft kompaniyasining Oʻzbekistondagi yuzi sifatida faoliyat olib boradi.

Ushbu dastur kompaniyaning yoshlarga moʻljallangan loyihasi boʻlib, u kompaniyaning butun dunyo boʻylab texnologiya sohasida bilimli, faol va intiluvchan yoshlarini saralab oladi.

"Ushbu loyihaga topshirishim ham, kirishim ham oson kechmadi. Texnik tomondan bilimlarim yaxshi boʻlgani uchun meni nominatsiyaga qoʻyishdi. 1 yil davomida kompaniya tomonidan berilgan turli shartlar va topshiriqlarni a'lo darajada bajarish talab etildi. Shulardan biri Sun'iy intellekt texnologiyasi boʻyicha berilgan 30 ta moduldan iborat dars va topshiriqlar boʻldi", — deydi Dilafruz Joʻraboeva.

Ayni damda Dilafruz Yandex uchun oʻqish va stajirovkaga topshirgan, sinovlardan yaxshi oʻtsa Yandexning katta loyihalariga qoʻshilish imkoniyatiga ega boʻladi.

Foto: IT Ladies Uzbekistan
Dilafruz Microsoft Developers Community Uzbekistan, Sado24, .NET Documentation Uzbekistan. Turli startup, koʻplab hakaton va musobaqalar ishtirokchisi. IT Community Uzbekistan'ning Fargʻona vodiysi boʻylab ambassadori hamda “Ibrat” spiking klubining volontyori sifatida ham faoliyat olib boradi.

U IT sohasidagi 46 nafar ayol va qizlar qatoridan joy olgan va Oʻzbekistondagi top 12 ta sport dasturchi qizlar jamoasiga qoʻshilgan.

Kompaniya Student Ambassadori boʻlish nima beradi?

Ushbu maqomga ega boʻlgan talaba texnik va etakchilik boʻyicha treninglar, Microsoft'ning keng ta'lim resurslariga kirish va kelajakni yaratishga ishtiyoqi baland boʻlgan yoshlarni birlashtirish imkoniga ega boʻladi.

Bundan tashqari Ambassadorlar uchun Amerikaga viza olish va sayohat qilish qilish imkoniyatlari yaratiladi. Talaba tomonidan yoshlar uchun oʻtkaziladigan tadbirlarga uchun xomiylik beriladi. Kompaniyaning barcha mahsulotlari premium talqinlari bepul taqdim etiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fargʻonalik qiz Microsoft kompaniyasining Oʻzbekistondagi ilk ambassadori boʻldi