
Majburiy ijro byurosi Buloqboshi tuman bo‘limi ish yurituvidagi aliment ijro hujjati bo‘yicha qarzdor ota 55 mln. so‘m qarzini birdaniga to‘ladi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor R.A.dan undiruvchi O.A. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun har oy topgan daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirilishi belgilangan.
Qarzdor avvaliga oylik maoshidan aliment to‘lagan, biroq 2023 yilning mart oyidan ish joyi o‘zgargan va shu vaqtdan boshlab 19 oy davomida bolasiga aliment to‘lamasdan kelgan.
Bo‘lim davlat ijrochisining qarzdor bilan olib borgan tushuntirish ishlari natijasida ota maoshidan to‘lamagan jami 55 mln. so‘m miqdoridagi aliment qarzini birdaniga to‘lashini bildirdi. Pullar undirilib, undiruvchi O.A.ga topshirildi.
Hozirda aliment undiruvi qarzdorning ish haqi to‘lovlariga qaratilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar