Telegram kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z ofisini ochishi mumkin. Bu haqda kompaniyaning LinkedIn sahifasidan ma’lum bo‘lmoqda. Kompaniya O‘zbekistondagi ofis direktori lavozimi uchun vakansiya e’lon qilgan. Ofisning qachon ochilishi haqida ma’lumot berilmagan.
Telegram asoschisi Pavel Durov shu yil yozda O‘zbekistonga kelgan va mamlakat rasmiylari bilan uchrashgandi.
Telegram asoschisi Pavel Durov O‘zbekistonga bir necha kunlik tashrifi bo‘yicha taassurotlarini o‘rtoqlashdi. U mamlakat o‘ziga juda yoqqanini bildirgan va safar davomida olgan fotosuratlarini bo‘lishgan.
«O‘zbekistonda Telegram'ni yaxshi ko‘rishadi: mamlakatning 37 millionlik aholisidan 70 foizdan ortig‘i Telegram'dan foydalanadi va ularning butun iqtisodiyoti bizning platformamiz bilan bog‘liq (mamlakatdagi har bir biznes tarmog‘ida Telegram-bot yoki kanal mavjud). Biz bu mashhurlikdan faxrlanamiz va bunga javoban O‘zbekistonga sevgimizni izhor qilamiz», degan edi Durov.
U tez rivojlanayotgan Toshkentning zamonaviy infratuzilmasi, O‘zbekiston sharqidagi tog‘li landshaftlar hamda Buxoro va Samarqandning boy tarixi o‘zini hayratga solganini bildirdi.
«Men juda ko‘p yosh va iqtidorli, qalbi qaynoq insonlarni uchratdim. Men iliq qabuldan mamnunman va umid qilamanki, yil oxirida quyoshli Toshkentga yana kelaman», deb yozdi u. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”