21:50 / 21.10.2024
27

Prezident “mahalla yettiligi”ni odamlarni jismoniy mashqlarga chorlashda faol ishtirok etishga chaqirdi

Prezident “mahalla yettiligi”ni odamlarni jismoniy mashqlarga chorlashda faol ishtirok etishga chaqirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda “O‘zbekkosmos” agentligi Buxoro va Navoiyda 35 gektardagi qum va shamolni ushlab qoluvchi cho‘l o‘simliklari qoplamasi yo‘qolib ketganini aniqlagani aytildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga ishchi guruhi tuzib, ushbu 2 ta viloyatning cho‘l va yarim cho‘l hududlarida “yashil” maydonlarni ko‘paytirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi. “O‘zbekkosmos” agentligi bilan birgalikda cho‘llarda ekologik holatni monitoring qilish platformasi yaratiladi.

O‘rmon xo‘jaligi agentligining bu yo‘nalishdagi mas’uliyati oshiriladi. Endilikda agentlik cho‘llanishga qarshi kurashish bilan ham jiddiy shug‘ullanadi, hokimliklar qoshidagi “Yo‘l ko‘kalam” tashkilotlari agentlik tizimiga o‘tadi. Agentlikka har bir hudud iqlimiga mos 100 milliondan ziyod nihol va ko‘chatlarni oddiy usulda mahalliylashtirish hamda yetishtirish xarajatini 20 foizgacha kamaytirish topshirildi.

Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 20 gektarda tajriba-sinov maydonchasi qilib, degradatsiyaga uchragan yaylovlarni qayta tiklaydigan o‘simliklarni yetishtirishni tashkil qilish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilishda mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini keng ommalashtirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Badantarbiya qilish, yugurish, velosiped haydash kabi odatlarni targ‘ib qilish, yengil kasalliklarni ham dori bilan tuzatishga o‘rganib qolishning oldini olish zarurligi qayd etildi. Bu yo‘nalishda tushuntirish ishlarini, ayniqsa 30 yoshdan katta aholiga mo‘ljallangan ommaviy dasturlarni ko‘paytirish muhim ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Sport vazirligiga 30 yoshdan katta aholini ommaviy sport bilan qamrab olish dasturini yo‘lga qo‘yish topshirildi. Prezidentimiz “mahalla yettiligi”ni odamlarni jismoniy mashq, yurish, yugurish, velosiped haydashga chorlashda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Professional va maktablarda faoliyat yuritayotgan sport trenerlarini mahallalarga biriktirish, tibbiyot brigadalari, oilaviy shifokor va poliklinikalar ishiga aholini to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini o‘rgatish bo‘yicha yangi-yangi yondashuvlarni joriy qilish muhimligi qayd etildi.

Mahallalarning jismoniy faollik reytingi tuzilishi, eng yaxshi mahalla va oilalarni rag‘batlantirilishi belgilandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident “mahalla yettiligi”ni odamlarni jismoniy mashqlarga chorlashda faol ishtirok etishga chaqirdi