Foto: Senat axborot xizmati
Bugun, 24-oktyabr kuni Senatning ellik to‘qqizinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar bermoqda.
Qonunda ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni ular jazo o‘tashini davom ettirish uchun, shuningdek, ruhiy kasallikka chalingan shaxslarni majburiy davolash uchun berish va qabul qilish asoslari, shartlari hamda rad etish to‘g‘risidagi qoidalarni kiritish nazarda tutilgan.
Qonun xorijiy davlatlar sudlari qarorlarini tan olish va ijroga qaratish tartibi, shaxslarni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar va boshqa masalalarga doir qoidalarni qamrab olgan.
Unda mahkumlarni jazoni o‘tashni davom ettirish yoxud ruhiy kasallikka chalingan shaxslarni majburiy davolash uchun O‘zbekistonga qabul qilish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi ham aniq belgilanmoqda.
Muhokama davomida qonun mahkumni unga belgilangan jazoni o‘z davlatida o‘tashi orqali uni ijtimoiy reabilitatsiya qilishni jadallashtirishga, shuningdek, xorijdagi fuqarolarning huquqiy himoya qilinishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi