20:28 / 24.10.2024
36

Xodimlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Xodimlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Byuroning Namangan viloyat boshqarmasida xodimlar o‘rtasida nojo‘ya xatti-harakat va korrupsiya illatiga qarshi kurashish, xodimlar kasbiy malakasini oshirish hamda ijro intizomini mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvni MIB viloyat boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Mirzaahmedov ochdi va Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan sud va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida tizimli chora-tadbirlar ko‘rib kelinayotganini alohida ta’kidladi.

Darhaqiqat, davlatimiz rahbari tomonidan prokuraturaning har bir xodimi xalqimizning haqiqiy himoyachisi, adolat va qonuniylik posboni bo‘lishi lozimligini ta’kidlagan edi. Bugungi kunda ana shu talab asosida o‘z faoliyatini olib borayotgan MIB Namangan viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan sud hamda boshqa organlarning qarorlarini ijro etib, amalda odil sudlovni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Uchrashuvda Byuroning shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi mas’ul vakili tomonidan mehnat intizomi, qonunchilik holatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, prokuratura organi xodimi degan sharafli kasbga sadoqat bilan xizmat qilish va fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish haqida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirga taklif etilgan mehnat faxriylari so‘z olib, Byuro organlarida xodimlar uchun yaratib berilayotgan sharoitlar, ularga javoban faqat munosib ishlashlari, o‘z xizmat vazifasini sadoqatli va vijdonan bajarishlarini qayd etishdi.

Muloqot yakunida faxriylarga boshqarmaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xodimlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi