15:11 / 26.10.2024
42

Kam ta’minlangan oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun pul beriladi

Kam ta’minlangan oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun pul beriladi
Kam ta’minlangan oilalarga beriladigan bir martali kompensatsiya uchun davlat 370 milliard so‘m yo‘naltiradi. Bu mablag‘lar isitish mavsumida gaz va elektr energiyasiga xarajatlarni qisman qoplashga yordam beradi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar bermoqda.

Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Aytilishicha, bir martali kompensatsiyalar 1,4 mln muhtoj oilani qamrab oladi. Oktyabr oxirigacha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, Mahalla uyushmasi va hokimliklar ehtiyojmandlar ro‘yxatini shakllantiradi.

Kompensatsiya:
  • asosiy ro‘yxat bo‘yicha — unga “Yagona ijtimoiy himoya reyestri” orqali bolalar nafaqasi va/yoki moddiy yordam oladigan oilalar kiradi (1,2 mln oila);
  • qo‘shimcha ro‘yxat bo‘yicha — unga boshqa ehtiyojmandlar kiradi (180 ming oila).

Kompensatsiya yilda bir marta to‘lanadi, miqdori – 270 ming so‘m, 27 noyabrdan keyin o‘tkaziladi. Agar oila “Yagona ijtimoiy himoya reyestri” orqali bolalar nafaqasi va/yoki moddiy yordam oladigan bo‘lsa, kompensatsiya avtomatik ravishda o‘sha kartaga tushadi

Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Agentlikning alohida eslatishicha, bir martali kompensatsiya — davlatdan yagona yordam emas. Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalar yana elektr energiyasi va gaz iste’moli ijtimoiy me’yordan oshganligi uchun ham kompensatsiya oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kam ta’minlangan oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun pul beriladi