
“Yo‘l qoidasi – umr foydasi” – deb bejizga aytilmagan chunki har bir yo‘l harakati qoidasini buzganlik ortidan avtoulov xaydovchisi chuntagiga, hattoki kimningdur mulkiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetishi mumkin.
Joriy yilning 23 may kuni Nukus shahridagi A.Dosnazarov ko‘chasida yuz bergan avtohalokat natijasida jabrlanuvchi S.D.ning boshqaruvidagi “DAMAS” rusumli avtomashinaga 38 mln. 793 ming so‘m moddiy zarar yetkazilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudining qaroriga asosan avtohalokat natijasida yetkazilgan 38 mln. 793 ming so‘m zararni jabrlanuvchi S.D.ning foydasiga qoidabuzar A.N.dan undirish belgilangan bo‘lib, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Xususan, qarzdorning nomida “VAZ 2101” va “NEXIA” rusumli avtomashinalar borligini aniqlab, ularga nisbatan qidiruv e’lon qilingan hamda qarzdorga sud qarori ijrosi ta’minlanishi shartiligi, uni ijro etmaslik oqibatlari tushuntirilgan.
Shundan so‘ng, jabrlanuvchi S.D. Byuroning Nukus shahar bo‘limiga joriy yilning 8 oktyabr kuni kelib sud qarorida ko‘rsatilgan qarzdorlik to‘liq qoplab berilganligi haqida bildirishnoma berganligi sababli ijro ishi harakatlari yakunlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar