07:46 / 04.11.2024
45

Buxoroda ona 9 yoshli qizining qo‘li va yuziga qizigan kapkir bosdi

Buxoroda ona 9 yoshli qizining qo‘li va yuziga qizigan kapkir bosdi
Foto: Bolalar ombudsmani
Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida 9 yoshli qizining qo‘li va yuziga qizigan kapkir bosdi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu holat Bolalar ombudsmani tomonidan alohida nazoratga olingan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida M.J. (1990 yilda tug‘ilgan ayol) 25 oktyabr kuni uyining oshxonasida 2015 yilda tug‘ilgan qizi B.A.ning qo‘llari va yuz qismiga qizigan oshxona temir kapkirini bosib, qizi B.A.ga tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Voyaga yetmagan qizga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Hozirda voyaga yetmagan B.A. tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilib, unga shifokorlar tomonidan zaruriy tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.

Holat yuzasidan Shofirkon tuman IIB huzuridagi TG tomonidan M.J.ga nisbatan JKning 126 (1)-moddasi 3 -qismi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda ona 9 yoshli qizining qo‘li va yuziga qizigan kapkir bosdi