Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida advokatlarning noqonuniy qilmishlari fosh etildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Dehqonobod tuman sudida ko‘rilayotgan jinoyat ishidagi ayblanuvchiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishida sud tizimidagi tanishlari orqali yordam berish evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida mazkur tumanda faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokati D.A. ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik firmasi advokati X.A. ayblanuvchiga nisbatan mansabdor tanishlari orqali yengil jazo tayinlatib, uni ozodlikka chiqartirib berish evaziga 20 mln so‘m va 500 dollar olgan vaqtida ushlandi.
Vobkent tumanida advokatlik byurosi advokati N.G‘. aybdor deb topilgan fuqaroga nisbatan sudning 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash bo‘yicha chiqargan hukmini o‘zining mansabdor tanishlari orqali 1 yil 2 oy muddatda yakunlatib berish evaziga 1200 dollar olgan vaqtida ushlandi.
Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik firmasining muqaddam sudlangan advokati B.A. ham fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudda ko‘rib chiqilayotgan er-xotin o‘rtasidagi nikohni vakolatli tanishlari orqali bekor qildirib berish evaziga 1100 dollar olgan vaqtida ushlandi.
Shirin shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik firmasi advokati B.Q. ayblanuvchiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishida sud organlaridagi mansabdor tanishlari orqali yordam berish evaziga 800 dollar va 2,5 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur advokatlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi