19:44 / 05.11.2024
28

Milliy tibbiyot markazi xalqaro sifat sertifikatiga ega bo‘ldi

Milliy tibbiyot markazi xalqaro sifat sertifikatiga ega bo‘ldi
Bugun Milliy tibbiyot markazi ISO 9001:2015 sertifikatiga ega bo‘ldi. Bu sertifikat markazning xalqaro miqyosda tan olingan sifatni boshqarish tizimlari standartlariga rioya qilishini tasdiqlaydi va markazning yuqori sifatli tibbiy xizmatlarni izchil ta’minlash uchun qat’iy tartiblar asosida ish olib borayotganini ko‘rsatadi.

ISO 9001:2015 standarti bemorlarning xizmatlardan qoniqishi, ish samaradorligini oshirish va xizmat ko‘rsatish jarayonida xavf-xatarlarni tizimli baholashga xizmat qiladi.

Bugun Slovakiyaning ASTRAIA Certification, s.r.o. kompaniyasi Milliy tibbiyot markaziga ISO 9001 muvofiqlik sertifikatini tantanali ravishda topshirdi.

Bu esa markazning sifat menejmenti tizimi xalqaro standartlarga muvofiq ekanligini tasdiqlaydi. Aytish kerakki, 60 dan ortiq mamlakatda e’tirof etilgan ASTRAIA sertifikatlash organi nazorati ostida amalga oshirilgan ushbu sertifikatlash jarayoni muassasada tibbiy xizmatlar va jarayonlar sifatini oshirish yo‘lida muhim qadamdir.

Ushbu sertifikatsiyaga tayyorgarlik jarayonida Germaniyadan ekspert Dr.Doris Kurshayd jalb qilingan bo‘lib, u barcha ichki jarayonlarni ISO 9001:2015 talablariga muvofiqlashtirishda ko‘maklashdi. Dr.Dorisxonimning ta’kidlashicha, Milliy tibbiyot markazi har tomonlama ushbu sertifikatni olishga loyiq bo‘lgan muassasadir.

Muxtasar aytganda, so‘ngi yillarda mamlakatimizda ISO standartlariga bo‘lgan qiziqish, ayniqsa, tibbiyot va ishlab chiqarish sohalarida ortib bormoqda. Bu mahalliy va xalqaro miqyosda ishonchni oshirish, hamda mamlakatdagi tashkilotlarning nufuzini mustahkamlashda muhim ahamiyatga egadir.

Milliy tibbiyot markazi mamlakatdagi boshqa sertifikatlangan muassasalar qatoriga qo‘shilib, bemorlarning tibbiy xizmatdan qoniqishini oshirish va sifatli xizmat ko‘rsatishni maqsad qilganini namoyish etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Milliy tibbiyot markazi xalqaro sifat sertifikatiga ega bo‘ldi