Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan navbatdagi tadbir davomida da’vogar manfaati yuzasidan chiqarilgan sud qarori ijrosi ta’minlandi.
Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga ko‘ra, da’vogar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining Namangan viloyati hududiy boshqarmasining manfaati yuzasidan javobgar R.A ni bino-inshootlardan ko‘chirish belgilangan.
Mazkur ijro varaqasi Byuroning Namangan shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Davlat ijrochisi tomonidan javobgarga Namangan shahar, Farovon mahalla fuqarolar yig‘ini, Qo‘qon ko‘chasida joylashgan 85-uydagi bino-inshootdan ixtiyoriy 15 kunlik muddatda ko‘chib ketishi yuzasidan vaqt berilgan. Biroq, bu muddat ichida ijro talabi bajarilmagani sababli majburiy ijro belgilandi.
Bugun tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘tkazilgan ijro harakatlari davomida sud qarori ijrosi ta’minlandi.
Ijro hujjati amalda tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi