11:33 / 10.11.2024
13

O‘zbekistonga davolanish uchun kelgan xorijliklar soni ma’lum qilindi

O‘zbekistonga davolanish uchun kelgan xorijliklar soni ma’lum qilindi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida 81,7 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 36,3 ming nafarga yoki 80,2 foizga oshgan.

O‘tgan 9 oyda O‘zbekistonga davolanish maqsadida kelgan xorijliklar mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Tojikiston — 62 347 nafar;
Qozog‘iston — 9 537 nafar;
Qirg‘iz Respublikasi — 7 481 nafar;
Rossiya — 1 424 nafar;
Turkmaniston — 727 nafar;
Turkiya — 29 nafar;
Afg‘oniston — 23 nafar;
Ukraina — 16 nafar;
Ozarboyjon — 12 nafar;
AQSH — 12 nafar;
Boshqa davlatlar — 60 nafar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonga davolanish uchun kelgan xorijliklar soni ma’lum qilindi