06:00 / 11.11.2024
27

Uchta viloyatda “valyutchik”lar qo‘lga olindi

Uchta viloyatda “valyutchik”lar qo‘lga olindi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Buxoro, Xorazm va Toshkent viloyatlarida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Buxoro shahrida fuqaro J.S. fuqaro A.J.dan 4 200 dollarni 53,6 mln so‘mga sotib olgan vaqtida, fuqaro Sh.A. fuqaro Z.B.dan 3 700 dollarni 47,4 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Urganch shahrida fuqaro I.B. fuqaro M.X.dan 4 ming dollarni 50,9 mln so‘mga sotib olgan vaqtida, fuqaro X.K. esa fuqaro M.Sh.dan 4 ming dollarni 50 mln so‘mga sotib olishga kelishib, shundan 15 mln so‘mini bank plastik kartasiga o‘tkazgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, Quyichirchiq tumanida fuqaro M.M. fuqaro U.B.ga 3 500 dollarni 45 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uchta viloyatda “valyutchik”lar qo‘lga olindi