
Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir. Bugungi kunda oilada er-xotinning huquq va majburiyatlariga amal qilmasligi aksariyat hollarda nizolarga sabab bo‘layotgani va oxir-oqibat notinchlik ortidan ayrim farzandlar otasiz yoki onasiz ulg‘ayishga majbur bo‘layotgani rost.
Er va xotinning nizosi sabab oila ajrashganligi farzandlarining tarbiyasiga va ta’minotiga ta’sir qilmasligi kerak.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudining 16.05.2024 yildagi M.Altmishevdan undiruvchi G.Altmisheva foydasiga ikki nafar farzandining ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro varaqasi Byuroning Zarbdor tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilib, taraflarga yuborilgan.
Byuroning Zarbdor tuman bo‘limi xodimlarining ijro ishi doirasida to‘g‘ri berilgan huquqiy tushuntirishlari natijasida taraflarning kelishishiga erishildi.
Bu boradagi ishlar mahalla faollari bilan hamkorlikda muntazam davom ettirilmoqda. Toki, muqaddas oila qo‘rg‘oni hech qachon darz ketmasin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar