Jannatmonand yurtimizning mustaqillik yillarida bosib o‘tgan yo‘liga keksa avlodning bir vakili sifatida nazar tashlar ekanman, bugungi tinch-osoyishta hayotimiz, xalqimiz erishayotgan ulkan yutuqlar, farovon turmush va to‘kin dasturxon uchun Yaratganga behisob shukronalar aytaman. Albatta, bunga o‘z-o‘zidan erishilgani yo‘q. Bu Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning uzoqni ko‘zlab yuritgan oqilona siyosati va xalqimizning mashaqqatli mehnati samarasidir.
1984-1986 yillar. Qashqadaryo viloyatining moliyaviy ahvoli, qishloq xo‘jalik ishlari butkul izdan chiqib, inqirozga yuz tutgan. Turmush kechirish nihoyatda og‘ir. Paxta ishi deb ko‘pchilik xo‘jalik rahbarlari, paxta qabul qilish punktlarining mutaxassislari, paxta zavodlarining rahbarlari qamoqqa olingan.
O‘sha paytlarda men Shahrisabz tumanida rahbar bo‘lib ishlardim. Shuning uchun barini juda yaxshi bilaman. Bugungidek zamonaviy turmush haqida gapirish u yoqda tursin, odamlarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash ham nihoyatda mushkul edi. Qisqa qilib aytganda, ish izdan chiqqan, xalqning tinchligi yo‘qolgan, insoniy g‘ururi toptalgan, qaddi bukilgan yillar edi. Odamlar dardini kimga aytishni bilmasdi.
Mana shunday og‘ir bir sharoitda viloyatga Islom Karimov birinchi rahbar bo‘lib keldi. Yangi rahbar ishni paxtadan boshlamadi, rejalar bajarilishini so‘ramadi, aksincha, parokanda bo‘lgan odamlarning boshini silab, bu og‘ir ahvoldan chiqish, xalqning bukilgan qaddini tiklash yo‘lini qidirdi. Markazdan kelgan desantchilarning zug‘umi bilan nohaq qamalgan jabrdiydalarni uyiga, oilasiga qaytardi. Odamlarda adolatga ishonch uyg‘otdi. Bu hozir aytishga oson, o‘sha paytlar uchun juda katta jasorat, misli ko‘rilmagan qahramonlik edi. Qisqa muddatda qoloq viloyat iqtisodiyotini ko‘tardi, aholining turmushini yaxshilashga erishdi.
Islom Karimov davlatimiz rahbari bo‘lgandan keyin barcha sohalarda, jumladan, qishloq xo‘jaligida ham tub islohotlar amalga oshirildi. Erga, mehnatga munosabat o‘zgardi. Dehqonchilik madaniyati yuksaldi. Yurtboshimiz rahnamoligida amalga oshirilgan ishlar va uning samaralarini Qashqadaryo viloyati misolida ko‘radigan bo‘lsak, mustaqillik yillarida hudud har tomonlama rivojlandi. Mamlakatimizda etishtiriladigan g‘allaning 12 foizi, paxtaning qariyb 15 foizi shu viloyat hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Prezidentimiz rahnamoligida viloyatda ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Qarshi shahrida yangi yo‘l va ko‘priklar, ko‘p qavatli zamonaviy uy-joylar, bog‘ va xiyobonlar, xizmat ko‘rsatish ob’ektlari barpo etildi. Aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun barcha sharoit va qulayliklar yaratildi.
Shahrisabzda ham keng ko‘lamli qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Oqsaroy majmuasi atrofidagi maydon kengaytirilib, Chorsu bozori, Ko‘kgumbaz, Dor ut-tilovat, Dor us-saodat obidalarini bog‘lovchi so‘lim xiyobon barpo etildi. Qarshi va Shahrisabz shaharlarini har tomonlama obod qilish uchun katta mablag‘ va resurslar ajratildi. Maqsad – aholi uchun barcha zamonaviy sharoitlarni yaratish, aholi farovonligini yanada yuksaltirishdir.
Mustaqilligimizning har bir yili, hatto har bir oyi tarixiy voqealarga, ulkan muvaffaqiyatlarga boy bo‘lmoqda. Buni har qadamda his etyapmiz, o‘zimiz, oilamiz, mahallamiz misolida ko‘rayapmiz. Yoshlarimiz turli sohalarda xalqaro miqyosda erishayotgan va qalbimizga cheksiz faxr-iftixor tuyg‘ularini bag‘ishlayotgan ulkan yutuqlar misolida ko‘rib turibmiz.
Islom Karimov mamlakatimizga rahbarligining ilk davridayoq “Endi biz eskicha yashay olmaymiz, bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi”, deb baralla aytgan va bugun barchamizni yangi marralar sari chorlaydigan ulug‘vor da’vatga aylangan “O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat” degan olijanob shiorni o‘rtaga tashlagan edi.
Mana, ko‘rib turibmiz, Islom Karimov 25 yil avval tavsiya qilgan fermerlar, ayniqsa, ko‘p tarmoqli fermerlar faoliyati rivojlanib ketdi. Ular paxta va g‘alla etishtirishdan tashqari, ko‘plab kichik korxonalar, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan zavodlar tashkil etib, jahon bilan bo‘ylashmoqda, mahsulotini tayyor holda dunyo bozoriga chiqarmoqda. Bu mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga hissa bo‘lib qo‘shilish bilan birga, aholi bandligini ta’minlash va turmush farovonligini yuksaltirishdek olijanob maqsadlarga xizmat qilmoqda.
Birinchi Prezidentimizning sa’y-harakatlari, xalq manfaatini ko‘zlab yuritgan oqilona siyosatlari tufayli O‘zbekistonimiz mustaqillik yillarida sanoati, qishloq xo‘jaligi tez sur’atlar bilan o‘sib, iqtisodiy qudrati yuksalib borayotgan zamonaviy buyuk davlatga aylandi. Shahar va qishloqlarimiz qiyofasi yildan-yilga chiroy ochib, obod va ko‘rkam bo‘lib bormoqda. Aholimizning asosiy qismi yashaydigan qishloq joylarda zamonaviy turmush sharoiti yaratilmoqda. Bunda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan boshlangan qishloq joylarda barpo etilayotgan namunaviy loyihalar asosidagi uy-joylar alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Xalqimizning farovon hayot kechirishi bir necha barobar oshdi. Ayniqsa, Toshguzar – Boysun – Qumqo‘rg‘on temir yo‘li ishga tushirilishi, asrlar bo‘yi qaqrab yotgan dashtda Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi barpo etilishi haqiqiy mo‘’jiza bo‘ldi. Qishloqlarimizda ulkan iqtisodiy samara beradigan sanoat va ishlab chiqarish ob’ektlari qurildi. 2015 yilda Toshkentdan Qarshiga yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekistonimiz ko‘p sohalar bo‘yicha dunyodagi etakchi mamlakatlar qatoridan joy oldi. Bundan 6 yarim asr oldin Sohibqiron Amir Temur bobomiz aytgan “Bizning qudratimizga shubha qilsangiz, biz qurdirgan imoratlarga boqing”, degan so‘zlari so‘nggi 25 yillik hayotimizda yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi. Bunday ulkan qurilishlar, ko‘krakni kerib maqtanadigan o‘zgarishlar Prezidentimiz Islom Karimovning dono rahbarligida amalga oshirildi.
Birinchi Prezidentimiz bizga meros qoldirgan tinch-osoyishta hayotni asrash, millatlararo totuvlik, do‘stlik va hamjihatlik, o‘zaro mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, doimo hushyor va ogoh bo‘lib yashash har birimizning burchimizdir.
Yanvar Inoyatov,
O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy”
jamg‘armasi Qashqadaryo viloyati
bo‘limi kengashi raisi.
Manba: Diydoraziz.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi