Toshkent shahrida ko‘p qavatli uy devorlariga giyohvand modda sotuvchi kanal manzilini chizgan o‘smirlarning ishi sudga yuborildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yunusobod tumanida tungi soat 04:00 lar atrofida Patrul-post xizmati xodimlari va profilaktika inspektorlari o‘z xizmat vazifalarini olib borayotgan paytda bemahalda ko‘cha kezib yurgan 2 nafar o‘smirni uchratib qolgan. IIB organlari xodimlari ulardan kechqurun nima qilib yurganini so‘ragan, bunga javoban ular do‘kon izlab chiqqanini, shu yaqin atrofda yashashini aytgan. O‘smirlar tekshirilganda ularning yonidan 3 dona bo‘yoq topilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘smirlardan biri devorga Telegram manzilini chizish bilan shug‘ullangan. Bu rasmlar giyohvand moddalar oldi-sotdisi yurgiziladigan guruhga tegishli bo‘lgan.
Bildirilishicha, buyurtmachi o‘smirlarga 3 ming dollar pul taklif qilgan.
«Men undan nimani reklama qilaman deb so‘raganimda u Belarus, Ukraina davlatlariga borib ishlashning reklamasi deb aytgandi. Agar sen Telegram manzilni chizsang, menga odam keladi va pul beradi, o‘shandan senga beraman degan», – deydi o‘smirlardan biri.
Mazkur holat yuzasidan ikki nafar voyaga yetmagan shaxslarning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasiga (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar tuman sudiga yuborildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi, u endi...