Kecha, 12 noyabr kuni Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Muhammadali Iskandariy mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani o‘tkazdi.
Qiziqarli o‘tgan muloqot davomida elchi Eron va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik haqida so‘z yuritdi hamda dunyoda kechayotgan voqealarga o‘z munosabatini bildirdi.
Elchi, jumladan, o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida to‘xtalib, tadbirkorlar va investorlarning Eron va O‘zbekiston bozorlari bilan yanada yaqinroq tanishishlari, ular o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar o‘zaro hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga sabab bo‘lishini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, Eron O‘zbekiston tashqi savdosida 18-o‘rinda turadi va mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda, bu boradagi ko‘rsatkichni 10-o‘ringa olib chiqish mumkin.
Eronlik tadbirkorlarning O‘zbekistondagi ishtiroki ilgarigi 2 ko‘rgazmadan hozirgi 10 ko‘rgazmaga yetdi. O‘zbekistonlik tadbirkorlarning «IranExpo» ko‘rgazmasidagi ishtiroki esa oldingi 4 nafardan hozirgi 80 nafarga yetdi. Bu tadbirkorlarimizning o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga bo‘lgan intilishlarini ko‘rsatadi.
«Shubhasiz, Eron O‘zbekiston uchun eng arzon va eng qisqa transport koridori bo‘lajak. Biz bu borada o‘zbek birodarlarimizga eng ko‘p yordamni ko‘rsatishga tayyormiz.
Deyarli barcha fan sohalarida, xususan sanoat sohasidagi bilimlarda jahonning ilk 15 davlati jumlasiga kiramiz. Shunga ko‘ra, texnik-muhandislik xizmatlarini munosib narxlarda va yuqori sifatda ko‘rsata olamiz.
Aksariyat Eron tovarlarini munosib narxlarda va yuqori sifatlarda O‘zbekiston uchun yetkazib berish imkoniyati bor. Eron bozori ham O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarga qiziqish bilan qaraydi.
Mamlakatimiz ehtiyojlari uchun kerak bo‘lgan dori-darmonning 90 foizini o‘zimiz ishlab chiqaramiz, oziq-ovqatning 95 foizini o‘zimiz qayta ishlaymiz. Shunga ko‘ra, birgalikda tovar ishlab chiqarish, ichki bozordan tashqari uchinchi mamlakatlarga ham eksport qilish imkoniyatiga egamiz», – deydi Muhammadali Iskandariy.
Elchi, shuningdek, Eron tomoni O‘zbekiston bilan qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish hamda baliq, chorva va parranda mahsulotlari, o‘g‘it va qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini ishlab chiqarishda hamkorlik qilishi mumkinligini ta’kidladi.
Matbuot anjumanida ikki tomonlama siyosiy aloqalar to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tildi. Eron prezidenti Pezeshkiyonning ilk imokniyat tug‘ilishi bilanoq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgani qayd etib o‘tildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi munosabatlar 1992 yildan boshlangan bo‘lib, Toshkentdagi Eron elchixonasi ham o‘sha yili ochilgan edi. 1995 yilda esa Tehronda O‘zbekiston elchixonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”