2025/2026 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta (Prezident, ijod, ixtisoslashgan ta’lim muassasalari) ta’lim tashkilotlarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani nufuzini oshirish va uning rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan yangi tizim joriy etiladi.
Bu borda «O‘quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-393-sonli Prezident qarori qabul qilindi.
Yangi tizimga ko‘ra:
- «Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi, faol hayotiy pozitsiya» tamoyiliga asosan yangilangan CHQBT fanining o‘quv dasturi va darsliklari yaratiladi;
- ta’lim tashkilotlarida CHQBT fani haftasiga ikki soatdan o‘qitiladi.
2025 yil 1 iyundan ta’lim tashkilotlarida CHQBT rahbari lavozimi joriy etiladi.
Shuningdek, ta’lim tashkilotlarida:
- o‘quvchilar o‘rtasida kibersport, dron va robototexnika, kelajak o‘yinlari bo‘yicha alohida tanlovlar hamda harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi;
- ziyolilar va nuroniylar ishtirokida «uch avlod uchrashuvlari» tashkil etiladi;
- harbiy xizmatchilar tomonidan motivatsion suhbatlar va mahorat darslari olib boriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi