Joriy yilning 19 noyabr kuni soat 06:40 da Chilonzor tumani Bunyodkor-Qatortol ko‘chalari kesishgan chorrahada yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 1979 yilda tug‘ilgan haydovchi M.Sh. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashina hamda 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi Q.M. boshqaruvidagi MAN rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.
YTH natijasida Lacetti rusumli avtomashina yo‘lovchisi, 1958 yilda tug‘ilgan D.M. birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?