Sarvar Ashurov O‘zbekiston bosh vaziri yordamchisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sarvar Ashurov Vazirlar Mahkamasi tegishli qarori bilan bosh vazir yordamchisi – bosh vazir qabulxonasi mudiri lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Shuhrat Ibragimov tayinlandi. Tayinlovga qadar u Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudirining o‘rinbosari — bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
“Daryo”ning hukumatdagi manbasiga ko‘ra, Ashurovning ishdan olinishi Prezident administratsiyasi axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd bilan bog‘liq. Uning akasi — Alijon G‘aniyevich Ashurov Davlat xavfsizlik xizmatining ichki xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan va Allamjonovga qilingan suiqasd ishini fosh etishga to‘sqinlik qilgani uchun ishdan olingan.
Xuddi shu ehtimoliy sababga ko‘ra DXX raisi Abdusalom Azizov, Ichki ishlar tizimidagi ikki amaldor — IIV Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i va Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan olingan edi.
Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd
26 oktyabr tunda Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga qurolli hujum uyushtirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura bergan ma’lumotga ko‘ra, fuqaro S.S. boshqaruvidagi Range Rover rusumli avtomashina Qibray tumani, Ifor ko‘chasi bo‘ylab harakatlangan vaqtida ikki nafar noma’lum shaxs mashinaga o‘qotar quroldan bir necha marotaba o‘q uzib, noma’lum tomonga yashiringan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 27 oktyabr kuni ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarning biri aniqlanib, gumonlanuvchi tariqasida ushlandi. 28 oktyabr kuni yana uch nafar gumonlanuvchi ushlandi.
Ayni paytda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Komil Allamjonov 2024 yil 30 sentyabrda Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimini tark etgan edi. U faoliyatini xususiy sektorda davom ettirishini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi