Bosh prokuratura tomonidan Qibray tumanida Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Allamjonovga nisbatan sodir etilgan qotillikka suiqasd qilish bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov harakatlari davomida hodisa sodir bo‘lgan joyni va ayblanuvchilar boshqaruvida bo‘lgan avtomashinalarni ko‘zdan kechirish hamda ular istiqomat qilgan xonadonlarda o‘tkazilgan tintuvlarda ishga aloqador bo‘lgan ashyoviy dalillar aniqlanib olindi.
O‘tkazilgan tergov va tezkor–qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni sodir etishga aloqador bo‘lgan jami 7 nafar shaxs aniqlanib, 5 nafariga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi, shuningdek 2 nafariga nisbatan qidiruv e’lon qilingan edi.
Qidiruvda bo‘lgan ayblanuvchi K.S.ning Qozog‘iston Respublikasida yashiringan manzili aniqlanib, uning ishtirokida tergov harakatlari olib borildi.
Shuningdek, qidiruvda bo‘lgan ayblanuvchi Javlon Yunusov Janubiy Koreya Respublikasida qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi.
Javlon Yunusov
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd
26 oktyabr tunda Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga qurolli hujum uyushtirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura bergan ma’lumotga ko‘ra, fuqaro S.S. boshqaruvidagi Range Rover rusumli avtomashina Qibray tumani, Ifor ko‘chasi bo‘ylab harakatlangan vaqtida ikki nafar noma’lum shaxs mashinaga o‘qotar quroldan bir necha marotaba o‘q uzib, noma’lum tomonga yashiringan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 27 oktyabr kuni ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarning biri aniqlanib, gumonlanuvchi tariqasida ushlandi. 28 oktyabr kuni yana uch nafar gumonlanuvchi ushlandi.
Ayni paytda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Komil Allamjonov 2024 yil 30 sentyabrda Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimini tark etgan edi. U faoliyatini xususiy sektorda davom ettirishini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qirg‘iziston aholisi soni e’lon qilindi