06:00 / 27.11.2024
11

O‘zbekistonlik tadbirkorlar Forbes nashrining “30 Under 30” reytingiga kirdi

O‘zbekistonlik tadbirkorlar Forbes nashrining “30 Under 30” reytingiga kirdi
Foto: Forbes Middle East
O‘zbekistonlik tadbirkorlar Alisher Akbarov va Amal Abdullayev Forbes Middle East nashrining 2024 yilgi “30 Under 30” reytingidan joy oldi.

Mazkur reyting yosh yetakchilarning yutuqlarini tan olish, ularning innovatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash va boshqa startaplar uchun ilhom manbasi bo‘lishda muhim ahamiyatga ega.

26 yoshli Alisher Akbarov va Amal Abdullayev BAAda joylashgan Comfi platformasining asoschilaridan hisoblanadi. Ushbu B2B platforma kichik va o‘rta bizneslar uchun to‘lov va kreditlash xizmatlarini taklif qiladi.

Kompaniya Abu-Dabidagi xususiy oilaviy ofisdan 5 mln dollar qarz mablag‘ jalb qilgan va Canabil Investments hamda 500 Global'dan 350 ming dollar sarmoya olgan.

Comfi yetkazib beruvchilar va xaridorlar o‘rtasida moliyaviy yechimlarni taqdim etib, kreditni 90 kungacha uzaytirish yoki oldindan to‘lov olish imkonini beradi. Bugungi kunda platforma 80 ta faol yetkazib beruvchi va 400 ta SME xaridorlar bilan hamkorlik qilib, 5 mingdan ortiq tranzaksiyalarni amalga oshirgan, 5 mln dollar miqdorida kreditlar ajratgan va yillik daromadi 1 mln dollarga yetgan.

Shuningdek, kompaniya Tafaseel, Musafir, Meydan Free Zone, Bugyz va Park Lane Motors kabi mintaqadagi yirik SME'lar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik tadbirkorlar Forbes nashrining “30 Under 30” reytingiga kirdi