date

Samarqand viloyatida topilgan dahma va qabrtosh davlat muhofazasiga olinadi

Samarqand viloyatida topilgan dahma va qabrtosh davlat muhofazasiga olinadi
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Qayrag‘och qishlog‘ida joylashgan «Ko‘ktosh» qabristoni hududidan qadimiy 2 ta dahma hamda 1 ta qabrtosh topildi.

Topilmalar Madaniy meros agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.

Qayd etilishicha, qabriston hududidan topilgan qadimiy dahma hamda qabrtoshlar Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi «Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 846-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Milliy ro‘yxatida qayd etilmagan.

«O‘rganishlar davomida topilgan noyob toshlar o‘rta asrlarga oid ekanligi aniqlandi. Ushbu topilmalarni tarixiy ahamiyatini aniqlash maqsadida Samarqand arxeologiya instituti xodimlari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda», – deyiladi xabarda.

Shuningdek, Pastdarg‘om tumani hokimligining 2024 yil 11 sentyabrdagi 26-2712-sonli xatiga asosan, 2 ta qadimiy daxma hamda 1 ta qabrtoshni Milliy ro‘yxatga kiritish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, davlat muhofazasiga olish choralari ko‘rilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqand viloyatida topilgan dahma va qabrtosh davlat muhofazasiga olinadi