Foto: Migratsiya agentligi
Vazirlar mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va Turkiyaning yirik qurilish kompaniyalaridan biri Kalyon Insaat mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni boshladi. Turkiyadagi qurilish loyihalarida 1410 nafar O‘zbekiston fuqarosini ishga joylashtirish rejalashtirilmoqda.
Dastlabki 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi 1 dekabr kuni Toshkentdan Istanbulga uchib ketdi. Yana 40 nafar fuqaro Samarqanddan ishga jo‘naydi. Dastlabki bosqichda korxonada 60 ishchi, 2025 yilning yanvaridan esa yana 1350 mutaxassis ish boshlaydi.
«Turkiyada ishga qabul qilinayotgan o‘zbekistonliklarning mehnat faoliyatini monitoring qilamiz va kelgusi yil yanvar oyida 1350 nafar mutaxassisni Turkiya bozorida ish bilan ta’minlaymiz», — dedi kompaniya vakili Akin Kirchichek.
Shartnomaga ko‘ra, yo‘lkira, turar joy, uch mahal issiq ovqat, maxsus kiyim va himoya vositalari ish beruvchi tomonidan qoplanadi. Shuningdek, munosib ish haqi va mehnat huquqlari kafolatlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ilon Mask: Amerika Qo‘shma Shtatlari bankrotlik yoqasida!
Bayden “Isroilga qarshi kitob” bilan omma oldida ko‘rindi
Erdo‘g‘an Putin bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi
Xitoy Donald Trampning BRICS a’zolariga nisbatan tahdidlariga javob berdi
Ctatistikani "injig‘i": Gukesh o‘yinning 31,7 foizini meditatsiya qilib o‘tkazdi
Isroillik ravvinni Ummonga o‘g‘irlab ketishmoqchi bo‘lgan...
Bashar Asad rejimi Suriyaning muhim hududlari ustidan nazoratni yo‘qotmoqda
Dunyoda shunday qishloq bor: unga erkaklar kirishi taqiqlangan