23:54 / 11.12.2024
8

Deputatlar bank kreditlari bilan bog‘liq firibgarliklarga antiqa yechim taklif qilishdi

Deputatlar bank kreditlari bilan bog‘liq firibgarliklarga antiqa yechim taklif qilishdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar tomonidan kredit sohasidagi munosabatlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi.

Mazkur hujjat loyihasi Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unda jismoniy shaxs o‘zining ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimini rasmiylashtirish bilan bog‘liq firibgarliklarning oldini olish maqsadida kredit byurosiga ariza kiritish orqali u bilan kredit bitimini tuzishni taqiqlashi mumkin bo‘ladi.

Ya’ni, ma’ruzachi Markaziy bank o‘rinbosari Abrorxo‘ja Turdialiyevning bildirishicha, endilikda Kredit bitimi tuzish taqiqlangan shaxslar reyestri joriy qilinadi va fuqarolarga mazkur reyestrga ariza kiritish orqali ular bilan kredit bitimini tuzishni taqiqlashi mumkin bo‘ladi.

Reyestrga kiritilgan shaxs keyinchalik banklardan kredit olishni xohlasa, qayta ariza beradi va kredit oladi.

Majlisda deputatlar tomonidan mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi firibgarlik yo‘li bilan fuqarolarning xabarisiz kreditlarni ularning nomiga rasmiylashtirish va mazkur kreditlarni o‘zlashtirish holatlarining oldini olishga, shuningdek, kredit byurolari faoliyatini tartibga solishni takomillashtirishga xizmat qilishi aytib o‘tildi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Deputatlar bank kreditlari bilan bog‘liq firibgarliklarga antiqa yechim taklif qilishdi