17:28 / 14.12.2024
11

Yer olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Yer olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Andijon viloyatining Ulug‘nor hamda Navoiy viloyatining Nurota tumanida yer maydonlari olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Ulug‘nor tumanida “S.Yo.” MCHJ rahbari X.M. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, MCHJga Ulug‘nor tumani “Kichik sanoat zonasi” hududidan ajratilgan 40 sotix yer maydonini tanishlari yordamida 100 ming dollar evaziga uning nomiga rasmiylashtirib olib berishini aytgan.

Oldindan 50 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, Nurotada tumangaz bo‘limi sobiq rahbari Sh.I. fuqaro S.N.ning ishonchiga kirib, unga gaz ta’minoti bo‘limi hududidagi 3 sotix yer maydonini olib berishni va’da qilgan.

Buning evaziga 1 000 dollar va 79 mln so‘m pulini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlangandi. Shuningdek, Navoiy, Namangan va Andijon viloyatlarida noqonuniy yo‘llar bilan yer maydonlari olib berishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olingan.

Shu bilan birga, Sirdaryoda besh gektar yer maydonini 40 ming AQSH dollariga sotishga uringan opa-uka qo‘lga olingan edi. Bundan tashqari, aprel boshlarida esa Navoiyda 80 gektar yerni 1 milliard so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlangani, Samarqand va Farg‘onada noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yer olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi