Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berishicha, departamentning Sergeli tumani bo‘limi hamda IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro A.A. fuqaro I.K.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent xalqaro aeroporti hududidan oziq-ovqat do‘koni ochishi uchun joy olib berishi evaziga 5000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Furqat tumani bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, Beshariq tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasida bo‘lim boshlig‘i A.K. fuqaro X.Yu.ning ishonchiga kirib, unga muassasa ixtiyoridagi “Yangi mahalla” MFY hududidagi avtobekat o‘rnida “aqlli bekat” qurishi uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga 1500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Suriya hukumati ikki yilda Rossiyaga 250 mln dollar naqd pul o‘tkazgan
Apple ba’zi iPhone modellarini sotishni to‘xtatadi
Rossiyaning G‘arbiy Ukrainaga hujumi urush davridagi eng yirik hujum bo‘ldi