10:00 / 18.12.2024
102

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida O‘zbekistonga olib kirilayotgan 2,8 ming dona o‘q to‘xtatib qolindi

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida O‘zbekistonga olib kirilayotgan 2,8 ming dona o‘q to‘xtatib qolindi
Foto: Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi
O‘zbekistonga o‘tish uchun “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga fuqaro boshqaruvida kirib kelgan avtomashina bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xabar berishicha, bojxona ko‘rigi natijasida mashinaning yukxonasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 16 dona qadoqda 2800 dona 5,5 mm kalibrli pnevmatik qurol o‘qlari borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida O‘zbekistonga olib kirilayotgan 2,8 ming dona o‘q to‘xtatib qolindi