Joriy yilning 17 dekabr soat 13:45 larda Farg‘ona shahar, Yangiyo‘l mahallasidagi «Petrolium» propan gaz quyish shoxobchasida yong‘in kelib chiqqani va natijada 1 nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lib, yana bir nechta fuqarolar turli darajada tan jarohati olgani hamda ularning shifoxonaga yotqizilgani aytilgan edi.
Viloyat IIB bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shifoxonadagi jabrlanganlardan 3 nafari vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyat IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 3-qismi «a» bandi hamda 259-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirgi kunda jinoyat ishi doirasida 5 nafar shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan.
Holat yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Fransiya va Ispaniyadan bo‘lgan qiziqish ortidan Fayzullayevning maoshi oshirildi