Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Samarqand viloyatining ikki tumanida tabiiy gaz va elektr energiyasidan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan xodimlar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Departamentning Samarqand tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Hududgaz” Past Darg‘om filiali operatori J.P. fuqaro M.A.ning xonadonida tabiiy gaz ta’minotidan 3 mln so‘m qarzdorligini yo‘q qilib, yangi gaz hisoblagich o‘rnatib berishi evaziga 4 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bulung‘ur tuman ETK elektromontyori Sh.E. va boshqalar tadbirkorning tikuvchilik sexida elektr ta’minotidan 14 mln so‘m qarzdorligini kamaytirib berishi evaziga 3,8 mln so‘mni olib, qarzdorlik bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani nobud qilgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga ultimatum qo‘ydi
Rossiyalik harbiylar Kiyevga ballistik raketa bilan hujum qildi
Ilon Mask: “Yevropa davlatlari yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida”
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
Mask Ukrainaga yordam berishni AQSHning eng yomon qarorlaridan biri deb atadi
Jakartada "Imom Buxoriy: O‘zbekiston islom san’ati" ko‘rgazmasi ochildi
General Kirillovning qotillik ishi ochilishida O‘zbekiston tomoni ham ishtirok etadi
Turkiy davlatlar feyk va dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashadi