date
views 72

Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Sankt-Peterburg shahriga tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari amaliy tashrifini yakunlab, “Pulkovo” xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun davlat rahbari Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida nutq so‘zladi.

Kecha, 25 dekabr kuni O‘zbekiston yetakchisi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi