Foto: iStock
Joriy yil 25 dekabr kuni Bokudan Grozniyga uchayotgan Embraer 190 yoʻlovchi samolyoti Qozogʻistonning Oqtov shahrida qulab tushdi. Bu dahshatli fojia sabablarini oʻrganish hali ham davom etayotgan boʻlsa-da, mazkur aviahalokat hattoki eng ishonchli transport turlaridan biri boʻlgan samolyotda ham xavfsizlik masalasi juda muhim ekanligini yodga soldi.
Afsuski, yoʻlovchilar samolyot bortida yoki ish tizimida biror kor hol yuzaga kelishining oldini ololmaydi, ammo samolyotda eng xavfsiz oʻrindiqlarni tanlash orqali oʻlim xavfini kamaytirish imkoniga ega boʻladi. Quyida Travel Leisure ma'lumotlariga asoslanib samolyot xavfsizlik qoidalari haqida ma'lumot beramiz.
Samolyotning qaysi qismi xavfsizroq?
Foto: iStock
Mutaxassislarning fikricha, bortdagi eng xavfsiz joy samolyotning orqa tomondagi uchdan bir qismidir. AQSh Fuqarolik Aviatsiya boshqarmasi (FAA) ning 35 yillik ma'lumotlariga asoslangan tadqiqotga koʻra, ushbu qismdagi oʻlim xavfi 32 foizni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, oʻrta qismda bu koʻrsatkich 38 foizga, old qismida esa 39 foizga oshadi.
Samolyot orqa tomoni, uchdan bir qismidagi eng markaziy oʻrindiqlar xavfsizlik jihatdan alohida ajralib turadi (toʻq yashil rangda belgilangan) Bu tomonda oʻlim koʻrsatkichi oʻrtacha 28 foizni tashkil qiladi. Samolyotning oʻrta qismdagi oʻrindiqlar esa eng xavfli deb topildi, ularning oʻlimga olib kelish xavfi oʻrtacha 44 foizdir.
Samolyot bortida omon qolish imkoniyatini oshirishning yana bir varianti bor: buning uchun favqulodda chiqish joyi yaqinidagi oʻrindiqlarni tanlash kerak. Qoidaga koʻra, favqulodda hodisalarda samolyot 90 soniya ichida toʻliq evakuatsiya qilinishi kerak. 100 dan ortiq aviahalokatlar tahlili ushbu ma'lumotni tasdiqlaydi.
Foto: Massivelive
Istisno holatlar
Barcha statistik ma'lumotlar shu vaqtgacha boʻlib oʻtgan voqealar haqidagi ma'lumotlar asosida umumlashtiradi, lekin istisno vaziyatlar ham mavjud. Masalan, 1989 yilda United Airlines 232 reysi halokatga uchraganida, tirik qolganlarning aksariyati samolyotning oʻrta qismida boʻlgan:
Foto: SFGATE
1977 yilda Tenerife fojiasida 61 nafar tirik qolganlar asosan old oʻrindiqlarda boʻlgan. Bunday misollar favqulodda vaziyatlar doimo farq qilishi mumkinligini bildiradi.
Xavfsizlik boʻyicha tavsiyalar
Parvoz paytida xavfsizlikni ta'minlash uchun quyidagi oddiy tavsiyalarga amal qilish lozim:
- Styuardessalarning barcha koʻrsatmalarini doimo diqqat bilan tinglang va evakuatsiya paytida hech qachon buyumlaringizni olishga urinmang. Halokat paytida asosiy maqsad samolyotni imkon qadar tezroq tark etishdir;
- Old oʻrindiq choʻntagida joylashgan xavfsizlik haqidagi qoʻllanmani oldindan oʻqib chiqing;
- Favqulodda hodisada chiroqlar oʻchishi mumkin, shu sababli chiqish eshigidan to oʻrindiqqacha nechta qator borligini avvaldan sanab qoʻying.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rim papasi Rossiya va Ukrainani qurollarini tashlashga chaqirdi
Messining oʻyinidagi qaysi jihat Yamalni hayron qoldirgan?
Netanyaxuning rafiqasi guvohlarni ta'qib qilishda ayblanmoqda
Erdo‘g‘on: “Suriyadagi kurd jangarilari yo qurollarini topshiradi, yo dafn qilinadi”
Husiylar hujumi Misrga 7 mlrd dollar zarar keltirdi
Muhammad Salohning qaysi harakati uchun misrliklarning tanqidlari "yomgʻiri yogʻildi"...?
Yaman husiylari Tel Aviv aeroportiga hujum uyushtirdi
Vengriya bosh vaziri: “Ukrainadagi urush 2 xil yo‘l bilan tugaydi”