12:03 / 28.12.2024
9

Sobiq deputat Kusherbaev chechen fuqarolarini Oʻzbekistonga kirishda qat'iy tekshirishni taklif qildi

Sobiq deputat Kusherbaev chechen fuqarolarini Oʻzbekistonga kirishda qat'iy tekshirishni taklif qildi
Rasul Kusherbaev
Sobiq deputat, ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbaev Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasdda ayblanayotgan shaxslar boʻyicha fikrlarini bildirdi.

Bosh prokuratura Rossiya fuqarolari Bislan Rasaev va Shamil Temirxanov Komil Allamjonovga suiqasd ishi doirasida qonunga xilof ravishda Oʻzbekistonga kirish va chiqish, jinoyat haqida xabar bermaslik hamda oʻqotar qurolning qonunga xilof muomalasi kabi jinoiy harakatlarni sodir etganliklari aniqlanib, ular qidiruvga berilganini ma'lum qildi.

Kim oʻzi bu ikki shaxs? Qaerdan paydo boʻldi bu terrorchilar? Xavfli jinoyatchilar qaysi yoʻl bilan Oʻzbekiston hududiga kirishdi? Bu masala aniq oydin aytilishi lozim”, dedi Kusherbaev.

Oldinroq Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov suiqasdda «chechen qoʻli» borligini inkor qilib, oʻz chiqishida Komil Allamjonov va Dmitriy Liga tahdid qilgan, ularga «qilmishlari» uchun javob berishi haqida ochiqchasiga bayonot bergandi.

Oʻzbekistondagi mansabdor shaxslarga ochiqcha tahdid qilish bu — terrorizm. Buni amalga oshirmoqchi boʻlgan yoki gapirib chiqqan shaxslar ham javob berishi lozim.

Shunday tahdidlar boʻlayotgan vaqtda Oʻzbekiston hukumati nega jim turishi kerak? Qachongacha oʻzini shovinistik qarashlari bilan bizga ochiqcha tahdid qiladiganlarni indamay kuzatib oʻtiramiz? Rasmiy shaxs tomonidan boʻlayotgan ochiq tahdidga munosib javob berish vaqti kelmadimi?

Javob shunchaki bayonot bilan emas, aniq choralar orqali boʻlishi shart va zarur! Kerak boʻlsa, etakchisi ochiqcha tahdid qilayotgan Grozniyga aviaqatnovlarni ham bekor qilish, har bir chechen fuqarosini Oʻzbekistonga kirishida qat'iy tekshirish lozim
”, deya ma'lum qildi sobiq deputat.

Odiljon Tojiev
Qonunchilik palatasi deputati Odiljon Tojiev Checheniston prezidenti Ramzan Qodirovning “Oʻzbekiston ichki ishlariga aralashishi”, shuningdek, “oʻzbek davlat amaldorlariga nisbatan tahdid bildirishi yoki bosim oʻtkazishi”ni qoralab chiqdi.

Uning aytishicha, bunday harakatlar “ikki doʻst davlat munosabatlariga salbiy ta'sir koʻrsatishi va har ikki mamlakat xalqlari oʻrtasidagi doʻstona aloqalarga zarar etkazishi mumkin”.

Men Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasidan Ramzan Qodirovning oʻzbek mulozimlariga taxdidi yuzasidan xolatga huquqiy baho berishini soʻrayman. Bundan tashqari, Ramzan Qodirov oʻzining kechagi munosabati uchun Oʻzbekiston xalqidan ochiqdan ochiq uzr soʻrashi kerak. Shu bilan birga agar u doʻst boʻlsa Oʻzbekiston Bosh prokuraturasiga qidiruvda boʻlgan Beslan Rasaev va Shamil Temirxanovni topishda amaliy yordam berishi va uni Oʻzbekistonga topshirishi lozim”, deydi deputat.

Komil Allamjonovga suiqasd

2024 yil 30 sentyabrgacha Oʻzbekiston prezidenti administratsiyasida Axborot siyosati departamentini boshqarib kelgan Komil Allamjonov 26 oktyabr kuni Qibraydagi oʻz uyi yaqinida hujumga uchradi: u oʻtirgan mashinaga bir necha bor oʻq uzilgan. Hodisada Allamjonovning oʻziga va haydovchiga shikast etmagan.

Bosh prokuratura bundan avval 25 noyabr kuni bergan bayonotida jinoyatga aloqadorlikda gumonlanib 7 kishi ushlanganini ma'lum qilgan, ulardan faqat bir nafarining shaxsini ochiqlagan edi: bu – Janubiy Koreyadan ekstraditsiya qilingan Javlon Yunusov. Bayonotda yana bir gumondor Qozogʻistonda qoʻlga olingani ma'lum qilingandi.

Noyabr oyida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi tizimida bir qator yuqori lavozimli amaldorlar ishdan olingandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sobiq deputat Kusherbaev chechen fuqarolarini Oʻzbekistonga kirishda qat'iy tekshirishni taklif qildi