date
views 79

Gʻam-gʻussadan qayga qochasan?

Gʻam-gʻussadan qayga qochasan?
Hayotda azob-uqubat va gʻam-gʻussadan qutulib boʻlmaydi. Xoʻsh, qayga qochib ketish mumkin, axir? Umr yoʻlida aziyat va alamlarning duch kelishi muqarrar. Bu holatlarning barchasiga astoydil iqror boʻlsangiz, muvaffaqiyatsizliklar tufayli yuzaga kelgan zarbalardan oʻzingizni tezgina oʻnglab olasiz.

Afsus-nadomat chekish mutlaqo foydali boʻlib tuyulishi ehtimoldan xoli emas. U yashovchan xulq-atvor sifatida tafakkurni yakson etishi va qalbingizga moʻminlik ato etishi mumkin. Afsuslanish yurak, aql uchun goʻyoki malham-dori, u koʻpgina toʻsiqlarni, insonlar oʻrtasidagi ulkan ma'naviy kuchlarni, unda yashirin turganiga qaramasdan, ayamay yakson etadi. Bu holatni qadimgi greklar yaxshi bilishgan, shu bois ular teatr sahnalarida tragediyalarni namoyish etib, tomoshabinlar koʻngliga tozalovchi ta'sir koʻrsatganlar.

Kuchli fe'l-atvor bamisoli oliy navli poʻlatga oʻxshaydi, chunki poʻlat koʻp martalik qizish va sovishga chidaydi. U qancha yuk ortilsa-da sinmaydi, balki yanada mustahkamlanadi. Aynan shu davrda, biz chuqur aziyat chekkan paytimizda Oliy Aql oʻzimizni koʻz oldimizda namoyon etadi. Ana shunda ibodat yanada ta'sirchan, tassalli beruvchi va yangi ruhiy kuch bagʻishlovchi vosita boʻlib qoladi. Biz faqat chekkan azoblarimiz tufayligina har kunlik hayot baxsh etuvchi baxt-saodat teranligini baholay olishimiz, qadriga etishimiz mumkin.

Dard-alam ham buyuk yaratuvchi kuch boʻlib, bunda insonning turmush tarzi oʻzgaradi. Uning ta'siri tufayli gunohkorlar ruhoniylarga, aroqxoʻrlar esa butunlay hushyor kishilarga, manmanlik va takabburlikka giriftor kimsalar esa halim va yuvosh boʻlib qolishga ehtiyoj sezadilar. Kimki sevimli insonidan ajralib aziyat cheksa, koʻpincha boshqalarga yordam beradigan odamga aylanadi va xuddi shunday vaziyatga tushganlarga koʻmaklashadi.

Yaratgan Egam insoniylik xislatini zakovat rivojining eng oliy darajasiga koʻtardi va donishmandlik ila aziyat chekish imkoniyatini barobar taqsimladi, biz uni aql bilan tasarruf etishimizni ta'minladi. Ashaddiy qotillar va jinoyatchilar yuksak aql-zakovatga ega boʻlishi mumkin. Ammo ular aziyat chekish qobiliyatidan mahrum, ularda xuddi shu narsa etishmaydi.

Agar siz azoblanish qobiliyatiga ega boʻlsangiz, boshqa juda koʻplab qobiliyatlar bilan mukofotlangan boʻlasiz. Faqat bitta sharti shuki, bu azob-uqubatlarni oʻz-oʻzingizga rahmingiz kelishi, achinish manbai sifatida emas, xuddiki yaxshi ibrat kabi qabul qiling.

Koʻpgina buyuk asarlar, fan va sanoat arboblarining juda katta azob-uqubatlarining yakuniy natijasi sifatida yuzaga kelgan. Qaygʻu, bu ─ yaxshigina ibrat maktabi boʻlib, odamlarning oʻsishiga yordam beradi. Gʻam-gʻussa odamlarni birlashtiradi va bir-birlarini tushunish ruhining vujudga kelishiga koʻmaklashadi. Angliyada ikkinchi jahon urushi davrida, bizning mamlakatimizda esa umumiy tanazzul davrida ana shunday holatlar roʻy bergan edi.

Siz gʻam-alam, aziyatlar tubida buyuk matonat kuchi va ishonchni ilgʻaysiz va kundalik sinovlar hamda qiyinchiliklarni bemalol enga olasiz. Hatto, vasvasani engib, oʻz-oʻziga achinish darajasiga etishingiz mumkin. Albatta, boshqa kimdir sizga nisbatan pushaymonlik tuygʻusini koʻproq boshidan kechirish sabablariga ega boʻladi. Siz uning dard-alamni mardlik bilan qarshi olib, engishiga yordam berar ekansiz, gʻam-gʻussangiz boshqa kishilarga qoʻygan mehr nurlari ostida tarqalib ketganini his etasiz.

Gʻam-alam ham xuddi magʻlubiyat kabi oʻzida teng ravishda quvonch, shodlik alomatlarini qamrab oladi. Bu alomatni axtaring, rivoj topishiga yordam bering va oʻzingizning aziyatlaringizni tantanaga aylantiring.

(Napoleon Xill kitobidan)

Manba: Xabar.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat