10:00 / 02.01.2025
79

Dekabrda eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani aytildi

Dekabrda eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani aytildi
Statistika agentligi 2024 yilning dekabr oyi uchun “Palov indeksi”ni e'lon qildi. Unga koʻra osh markazlarida eng qimmat palov Toshkent shahrida sotilgan boʻlib, bir portsiyasi 34 744 soʻm boʻlgan. Eng arzon osh esa Namangan viloyatida — bir portsiyasi 22 201 soʻmdan sotilgan.

Qolgan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan bir portsiya palovning oʻrtacha narxlari quyidagicha:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 25 718 soʻm;
- Andijon viloyati – 31 184 soʻm;
- Buxoro viloyati – 33 717 soʻm;
- Jizzax viloyati – 28 762 soʻm;
- Qashqadaryo viloyati – 30 688 soʻm;
- Navoiy viloyati – 26 8759 soʻm;
- Samarqand viloyati – 30 480 soʻm;
- Surxondaryo viloyati – 28 575 soʻm;
- Sirdaryo viloyati – 25 741 soʻm;
- Toshkent viloyati – 27 300 soʻm;
- Fargʻona viloyati – 26 602 soʻm;
- Xorazm viloyati – 30 939 soʻm.

Narxlarni roʻyxatga oluvchi tomonidan kuzatuv oʻtkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar oʻzgarib turadi. Mazkur ma'lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (osh markazlari)dagi palovning oʻrtacha narxlari hisobga olingan boʻlib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat