Ijtimoiy tarmoqlarda «Jasjan» nomi bilan tanilgan bloger J.Sh. tomonidan Toshkent tumanida olingan hayot uchun xavfli holat aks etgan video tarqaldi.
U hojatxona qogʻozlaridan foydalanib kontent tayyorlagan va vayn tasvirga olingan hududda hojatxona qogʻozlarini qoldirib ketgan. Bu esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keskin e'tirozlariga sabab boʻldi.
Mazkur holat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi va Toshkent shahar IIBB tomonidan oʻrganildi. Natijada J.Sh. atrof-muhitni ifloslantirib, belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bogʻliq huquqbuzarlikni qasddan, jamoaviy sodir etgan deb topildi.
Unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 91-1-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari — 1 million 875 ming soʻm miqdorida jarimaga tortildi.
«J.Sh. tomonidan bunday huquqbuzarlik avval ham sodir etilgan. Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan holatga huquqiy baho berilmoqda va qat'iy choralar koʻriladi. Shuningdek, huquqbuzarning hamrohlari shaxsiga aniqlik kiritilmoqda va ularga ham qonuniy chora koʻrilishi ta'minlanadi», – deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
FIDE Prezidenti Magnus Karlsen bilan bogʻliq vaziyat boʻyicha nimalar dedi?
Keniyaning Mukuku qishlogʻiga salkam yarim tonnalik kosmik chiqindi qulab tushdi (video)
2024 yilda eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchilar
Isroil Hamasning yana ikki amaldori oʻldirilganini e'lon qildi
Frantsiya va Germaniya TIV rahbarlari Damashqqa bordi
Qozogʻiston prezidenti davlatni parlament boshqarishiga munosabat bildirdi
Zelenskiy Ukrainada saylovlar qachon boʻlib oʻtishini ma'lum qildi
Gʻayrat Doʻstov sud zalidan ozodlikka chiqarildi