Foto: “Daryo”
Avval xabar berilganidek, 3 yanvar kuni Toshkent shahrida metan zapravkada gaz etmayotgani sabab mas'ullarni tanqid qilgan va 15 sutkaga qamalgan Gʻayrat Doʻstovning appelyatsiya sudi boʻlib oʻtmoqda. “Daryo” muxbiri xabariga koʻra, sud qisqa tanaffusdan soʻng ishini davom ettiryapti.
Sud majlisida chiqish qilgan advokat Bahrom Ermatov tanqidni mayda bezorilik deb atash xatoligini ta'kidlagan.
“Birinchi instantsiya sudi Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 2 va 3-moddalari talablarini qoʻpol ravishda buzgan. Himoyam ostidagi Gʻayrat Doʻstov tomonidan mayda bezorilik sodir etilmagan. U zapravkada 6–8 soatlab turib, ayni navbati kelganda gaz berish toʻxtatilgani sabab kuchli ehtiros bilan hayajonlanib gapirgan. Prezidentning aholini gaz bilan ta'minlash boʻyicha topshiriqlarini bajarmayotgan mas'ullarnigina tanqid qilgan. Shuning uchun biz tanqidni mayda bezorilik deb aytishimiz mumkin emas. Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishni tugatishni soʻrayman”, dedi advokat.
Avvalroq Gʻayrat Doʻstovni sudda 12 nafar advokat himoya qilayotgani, jarayonda sudlanuvchining tobi qochgani ma'lum boʻlgandi. U sud majlisidagi tanaffus paytida yaqinlari va advokatlari bilan suhbatlashib, boshiga qop kiydirishgani va ertoʻlada saqlashganini aytgan.
“Nima boʻlganda ham vatanga xiyonat qilmadim, xiyonatchi emasman”, deya bir necha marta takrorlagan sudlanuvchi.
Eslatib oʻtamiz, avvalgi sud hukmida Gʻayrat Doʻstov 2024 yil 23 dekabr kuni Toshkent shahar Bektemir tumanida joylashgan zapravkada shoxobcha xodimlarini haqoratlab, jamoat tartibini buzgani va mayda bezorilik sodir etgani yozilgan.
Sudlanuvchi 26 dekabr kuni Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik)da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan va 15 sutkaga qamalgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toʻqayev: Davlat rahbari — yollanma davlat boshqaruvchisi, «Tangrining soyasi» emas
Valyutalar kursi: Rossiya rubli keskin qadrsizlandi
Estrada xonandasi Baxtiyor Sultonov hayotdan koʻz yumdi
A Seriya autsayderi Eldor Shomurodovga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Baydenning rafiqasi Ukraina elchisidan 14 ming dollarlik toʻgʻnogʻich olgani ma'lum boʻldi
Janubiy Koreyada politsiya prezidentni hibsga ololmadi
Amerika Qoʻshma Shtatlarida favqulodda holat e'lon qilindi
Prezidentning qishloq xoʻjaligi boʻyicha qarorida nimalar koʻzda tutildi?