17:38 / 05.01.2025
38

Andijonda mashina tomini teshib, unga isitish pechi oʻrnatgan shaxsga chora koʻrildi

Andijonda mashina tomini teshib, unga isitish pechi oʻrnatgan shaxsga chora koʻrildi
Foto: IIB YHXB
Ijtimoiy tarmoqlarda blogerlardan biri engil mashina tomini teshib, unga isitish pechi oʻrnatgani tasvirlangan video tarqaldi.

Hodisa 2024 yil 2 yanvar kuni sodir boʻlgan. Bloger oʻzining Kia K5 rusumli shaxsiy mashinasining tom qismini teshib, unga isitish pechi oʻrnatgan.

Soʻng isitish pechini yoqib, unda choy qaynatgan va shu holda mashinani koʻchalarda boshqargan.

IIV axborot xizmatining xabar berishicha, blogerning ushbu ishlari yoʻl harakati qoidalarini buzish hamda jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimaslik hisoblanadi. Shuningdek, u transportda xavfsizlik qoidalariga amal qilmagan.

“Bu kun” informatsion dasturida berilgan lavhada aytilishicha, Andijon viloyati IIB YHXB xodimlari tezkor surishtiruv oʻtkazib, qoidabuzar blogerni topgan.

Soʻng unga nisbatan MJtKning tegishlari moddalari bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirgan. Mashina vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Shuningdek, qoidabuzarga nisbatan Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan ham MJtKning tegishli moddalari bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda mashina tomini teshib, unga isitish pechi oʻrnatgan shaxsga chora koʻrildi