
Bugungi kunda oilada er-xotinning huquq va majburiyatlariga amal qilmasligi aksariyat hollarda nizolarga sabab boʻlayotgani va oxir-oqibat notinchlik ortidan ayrim farzandlar otasiz yoki onasiz ulgʻayishga majbur boʻlayotgani rost.
Bugungi kunda Byuro xodimlari ham savobli ishga qoʻl urib, imkoni boricha oilalarni yarashtirishga harakat qilishmoqda.
Jumladan, Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning ijro varaqasiga asosan Q.P. hisobidan U.P. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun aliment undirish boʻyicha ijro hujjati byuroning Yangiobod tumani boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan.
Davlat ijrochisining harakatlari bilan tomonlarga toʻgʻri huquqiy tushuntirishlar berish natijasida oila qayta tiklanib, ijro ishi amalda tamomlandi. Natijada norasida bola ota-onasining mehriga toʻyib oʻsadigan boʻldi.
Byuroning Yangiobod tumani boʻlimi tomonidan bu boradagi ishlar muntazam davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar