16:28 / 08.01.2025
151

Toʻrtkoʻlda aliment toʻlovchi otadan 7 000 AQSh dollari undirildi

Toʻrtkoʻlda aliment toʻlovchi otadan 7 000 AQSh dollari undirildi
Fuqarolik ishlari boʻyicha Beruniy tumanlararo sudining 2023 yil 1 martdagi ijro hujjatiga asosan undiruvchi J.Shning foydasiga tarbiyasidagi bir nafar farzandining ta'minoti uchun qarzdor A.D. dan uning har oydagi jami daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Toʻrtkoʻl tuman boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan va boʻlim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Ijro harakatlari davomida, qarzdor A.D.ning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqlariga nisbatan 03.03.2023 yili cheklov oʻrnatilgan.

2024 yilning 24 dekabr kuni qarzdor A.D. yangi yil arafasida farzandlariga aliment oʻrniga sovgʻa sifatida 7 000 AQSh dollari naqdlay bergan.

Shunda, undiruvchi qarzdor bilan oʻzaro kelishib olganligini bildirib, yuqorida koʻrsatilgan sudning ijro hujjatini ijro etmasdan oʻziga qaytarishni soʻragan va ijro harakatlari tugatilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat