
Prezidentning “Oʻzbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmoni jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini nazorat qilish tizimini kuchaytirish va bu borada sanitariya qoidalarini ishlab chiqib, me'yorlarni yuqori standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida:
- 2025 yil 1 iyulga qadar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining laboratoriyalarini oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi transyogʻlarni aniqlash uchun zarur jihozlar bilan ta'minlash choralari koʻriladi;
- 2025 yil 1 avgustga qadar oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda transyogʻlardan foydalanishning cheklangan miqdorlarini belgilash boʻyicha sanitariya qoidalari va me'yorlari Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiqlashtirilishi ta'minlanadi.
Mazkur bandning soʻzsiz, sifatli va oʻz vaqtida ijrosini ta'minlashga mas'ul etib sogʻliqni saqlash vaziri – A.Xudoyorov belgilanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar