
Andijon viloyati Baliqchi tumani IIB navbatchilik qismiga shu tumanda yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, o‘zining “Neksiya” rusumli avtomobili noma’lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar qilgan. Bu haqda Carzone.uz yozmoqda.
Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanishicha, ariza muallifi avtomashinasini uyi oldida qarovsiz qoldirganligi oqibatida olib qochib ketilganligi ma’lum bo‘lgan.
Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida olib qochilgan avtomashina Oltinko‘l tumanida topilgan. Jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs Baliqchi tumanida yashovchi 16 yoshli ikki nafar fuqaro bo‘lib chiqdi.
Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar