19:54 / 11.01.2025
28

Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi

Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
2025 yil 9 yanvardan 10 yanvarga oʻtar kechasi Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi «Nayman choʻqqi» hududida oltin rudasini qazib olish uchun kelgan yigitlar bilan fojia yuz berdi.

Kun.uz manbasining xabar berishicha, fuqarolar fermer xoʻjaligiga qarashli er maydonidan noqonuniy ravishda oltin rudasini qazib olish bilan shugʻullangan. Ulardan 2 nafar yigit qoʻlda kovlangan chuqurda vafot etgan. Ular chuqurda toʻplangan chiqindi gazidan zaharlangan boʻlishi mumkin. Vafot etganlardan biri 30 yoshda, yana bir 20 yoshda boʻlgan.

Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan ma'lumot berdi.

Ma'lum boʻlishicha, 9 yanvar kuni soat 20:00 larda 5 nafar fuqaro «Qoraqoʻton» togʻ koniga qarashli, mahalliy til bilan «Nayman choʻqqi» deb nomlangan shaxtaga tushgan. Ular generator va boshqa uskunalar yordamida tarkibida oltin moddasi boʻlgan toshlarni kovlab olayotgan vaqtida generatordan chiqqan is gazidan zaharlangan.

«Oqibatda, fuqaro J.S. va Oʻ.E. shaxta ichi pastki qismiga yiqilib, shaxta devori toshlariga urilib, voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, yana 3 nafar fuqaro is gazidan zaharlanish bilan 10 yanvar kuni soat 03:30 larda tuman markaziy shifoxonasiga keltirilgan», — deyiladi ma'lumotnomada.

Hozirda 2 nafar marhumning oʻlimi yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertiza tayinlangan. Holat yuzasidan Paxtachi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat