22:57 / 25.10.2016
10 638

Sirdaryoda birdaniga 6 ta hokim o‘zgardi

Sirdaryoda birdaniga 6 ta hokim o‘zgardi

22 oktyabr kuni Sirdaryo viloyatida Xalq deputatlari Guliston, Shirin shaharlari, Oqoltin, Sayxunobod, Sardoba, Sirdaryo tumanlari kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Qalampir.uz" sayti xabar bermoqda.

Sessiyalarda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra tuman va shahar rahbarlari quyidagicha o‘zgartirildi.
Viloyati hokimi Oybek Ashurmatovning tavsiyasiga ko‘ra, hokimining ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Sherzod Shuhratullaevich Ismatullaev Guliston shahriga;

“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati elektrostansiyalardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ilhomjon Mahmudjonovich Begaliev Shirin shahriga;

Jizzax viloyati Zomin tumani “Avtosanoat-agro-Jizzax” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi Hamraboy Rahimovich Razzoqov Oqoltin tumaniga,;
Sirdaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Nosirjon Mahmudovich Egamberdiev Sayxunobod tumaniga;
Sirdaryo viloyati prokuraturasi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i Shukurullo Xo‘jamqulovich Tursunov Sardoba tumaniga;
“Sirdaryoavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish tashkiloti direktori Sobirjon Nazarov Sirdaryo tumaniga hokim etib tayinlandilar
Sessiyalarda viloyat hokimi Oybek Ashurmatov tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ma’ruza qildi.

Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi Davron Abitovich Nazarmuhammedov qatnashib, so‘zga chiqdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda birdaniga 6 ta hokim o‘zgardi