19:30 / 15.01.2025
17

Firmaning 297 mln. soʻm kredit qarzi naqd undirildi

Firmaning 297 mln. soʻm kredit qarzi naqd undirildi
Ma'lumki, Bank kreditlari koʻpchilik hollarda garov evaziga beriladi. Agar kredit olgan shaxs bank oldidagi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda sud tomonidan kredit qarzdorliklarini garovdagi mulkiga qaratish yoki xatlash toʻgʻrisida ijro varaqa chiqariladi.

Jumladan, Fuqarolik ishlari boʻyicha Jizzax tumanlararo sudining 11.11.2024 yildagi tijorat banki foydasiga «E-B9+»MChJning 297 mln. soʻm kredit qarzi undiruvini garov mulki hisoblangan «HOWO T7H» rusumli avtomashinasiga qaratish toʻgʻrisidagi ijro varaqasi byuroning Sharof Rashidov tumani boʻlimiga kelib tushgan hamda ijro ishi qoʻzgʻatilib, taraflarga nusxalari yuborilgan.

Mazkur ijro ishi doirasida qarzdor jamiyat rahbarlari ogohlantirilib, davlat ijrochilari tomonidan koʻrilgan keskin choralar natijasida 297 mln. soʻm qarzdorlik naqd pulda undirilishi ta'minlandi.

Ushbu pullar toʻliq bank kredit qarzdorligiga yoʻnaltirilishi ta'minlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat