Oʻzbekiston qamoqxonalarida kitobxon mahkumlarning jazo muddati qisqartirilishi mumkin.
«Milliy tiklanish» partiyasi axborot xizmati xabariga koʻra, partiya xorijiy tajribadan kelib chiqib, bir necha yillardan buyon kitobxon mahkumlarning jazo muddatini qisqartirish taklifini ilgari surib kelmoqda.
«Nihoyat bu boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqildi», – deb yozmoqda partiya axborot xizmati.
Qayd etilishicha, tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha 1 ta kitob oʻqigan va belgilangan imtihonni topshirgan mahkumning jazo muddati 3 kunga qisqartiriladi. Bunda yiliga koʻpi bilan 10 ta kitob oʻqish mumkinligi belgilanyapti.
Mahkumlar oʻqiydigan adabiyotlar roʻyxati Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan tasdiqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar