Sergeli tumanida avtomobilda yongʻin sodir boʻldi

Sergeli tumanida avtomobilda yongʻin sodir boʻldi
Foto: FVB
22 yanvar kuni soat 02:10 da Toshkent shahar Sergeli tumani, Qumariq koʻchasida joylashgan Toshkent xalqaro aeroporti avtoturargohida avtomobil yonayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 02:16 da yetib borib, yongʻin soat 02:21 da oʻchirilgan.

Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.

Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar