Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida beshta transport vositasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi, deb xabar beradi poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 23 yanvar kuni taxminan soat 15:20 larda Yunusobod tumani Kichik halqa avtomobil yoʻli koʻchasida Nexia-2, ikkita Lacetti, Spark va Nexia-3 rusumli avtomashinalari oʻzaro toʻqnashuvi natijasida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan koʻrish mumkinki, Nexia-2 transport vositasi Lacettiʼning ustiga chiqib ketgan.
Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi
Ta'kidlanishicha, YTH natijasida tan jarohat olganlar haqida xabar kelib tushmagan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar